“She’riyat olamida uchrashuvlar“ – Qozog‘iston va O‘zbekistondagi Gyote institutlarining “Grand Tour Zentralasien” loyihasining shiori shunday. Virtual tarjima ustaxonalarida Markaziy Osiyo tarjimonlari Anja Kampmann, Monika Rink, Rike Sheffler, Daniela Seel va Yan Vagnerlarning sheʼriyat olamiga murojaat qilishdi. Natijalarni endi antologiyada va interaktiv veb-saytda ko’rishingiz mumkin.

"Grand Tour" haqida o'ylagan kishi Gyote, Monteyn va zamonaviy Yevropadagi boshqa ziyolilarning ta'lim olish maqsadida qilgan sayohatlarini ko’z oldiga keltirishadi. Ammo sayohat, uchrashuvlar va almashinuv adabiyotda ham bo'lishi mumkin - buni Yan Vagner va Federiko Italiano 2019 yilda Yevropaning navqiron she'riyatini o’z ichiga olgan "Grand Tour Europa" antologiyasi misolida ham isbotlashdi. Ushbu loyihadan ilhomlangan O‘zbekiston va Qozog‘iston Gyote Institutlari “Grand Tour Zentralasien” bilan Germaniya va Markaziy Osiyo she’riyat olamini yaqinlashtirishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yishdi va shu tariqa madaniyatlararo almashinuv uchun maydon yaratishmoqda. 2021 yilda zamonaviy nemis she’riyatini Markaziy Osiyo tillariga tarjima qilishga asosiy e’tibor qaratildi, 2022 yilda Markaziy Osiyo shoirlari ijodi nemis tiliga tarjima qilinishi rejalashtirilgan.  

“Grand Tour Zentralasien” loyihasi doirasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirgʻizistondan kelgan yuzdan ortiq tarjimonlar onlayn tarjima seminarlarida jami 50 ta nemis sheʼrlarini oʻzlarining ona tillariga tarjima qilishdi. Eng chiroyli tarjimalar Qozog‘istonning “Steppe & World.” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Simurgh” antologiyasiga jamlandi. Bundan tashqari, interaktiv veb-sayt nafaqat she'rlarning Markaziy Osiyoning besh tiliga tarjimalarini, balki tarjima jarayonini ham tushunish imkonini beradi: mualliflar va tarjimonlarning she'rlariga matn va video ko'rinishidagi sharhlar beriladi, badiiy tarjimaning imkoniyatlari va cheklovlari haqida fikr yuritiladi. 

2022-yil bahorida shoir va tarjimonlar she’tiyat festivali doirasida uchrashadilar: Toshkentda boʻlib oʻtadigan birinchi Xalqaro sheʼriyat festivalida Oʻzbekiston va Qozogʻiston Gyote instituti nemis shoirlari, Markaziy Osiyodan yozuvchi va tarjimonlar hamda o’quvchilar uchrashadilar.


Badiiy tarjima masalalari “Grand Tour Zentralasien” loyihasining markazidan o’rin olgan: raqamli tarjima ustaxonalarida zamonaviy nemis sheʼrlari Markaziy Osiyoning beshta tillariga tarjima qilindi. Martdan sentyabrgacha ko'plab tarjimonlar va shoirlar beshta zamonaviy nemis mualliflarining she'rlarini o'zlarining ona tillariga tarjima qilish va keyin tahrirlash ustida ish olib bordilar. Tajribali moderatorlar rahbarligida ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarmoqqa kirishadi. Tajribali tarjimonlar yoki shoirlar ishchi guruhlarda moderatorlik qildilar: O‘zbekistonda bo’lib o’tgan onlayn tarjima seminarlariga “Alte Liebe” (Elke Heidenrich va Bernd Shröder),  “Gut gegen Nordwind” (Daniel Glattauer) kabi asarlarni o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan Xafiza Qo‘chqorova, shoira va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi doktoranti Tillaniso Eshboeva rahbarlik qildilar. 

Tarjima mashg‘ulotlari onlayn – O‘zbekistonda, masalan, Telegram messenjer xizmati orqali tashkil etildi. Moderatorlar har kuni Telegram kanalida jami 50 ta nemis she’rlaridan birini chop etishdi. 100 dan ortiq ishtirokchi tarjimon va shoirlar ularni mustaqil ravishda yoki jamoa bo‘lib tarjima qilishdi. Seminar ishtirokchilari asta-sekin Anja Kampmann, Monika Rink, Daniela Seel, Rike Scheffler va Yan Vagnerning o‘ntadan she’rini o‘zbek tiliga tarjima qildilar. Har kuni kechqurun ishtirokchilar moderatorlar bilan onlayn tarzda uchrashib, muammolar va she'rlarning ma'nosini muhokama qilishdi. Bundan tashqari, ishtirokchilar moderatorlardan badiiy tarjima mavzusiga oid materiallar oldi. May oyida tarjimonlar mualliflar bilan virtu

Bugungi kunda Germaniyada, aniqrogʼi, nemiszabon mamlakatlarda sheʼriyat oʼzining goʼzal damlarini ortda qoldirdi.

Nazarimda, bugun keng miqyosdagi ommabop adabiy janrlarni oʼz ichiga qamrab olgan nemiszabon kitoblarning katta koʼrgazmasiga u qadar zarurat yoʼqdek. Germaniyaning oʼzida yiliga 70.000 ga yaqin kitoblar dastlabki nusxada chop etiladi, ulardan oʼttiz foizi belletristika yoʼnalishidagi adabiyotdir. Qolgan qismini esa bolalar adabiyoti, ixtisoslikka yoʼnaltirilgan va ilmiy-ommabop mazmundagi kitoblar tashkil qiladi. Sheʼriyat va dramatik asarlarning soni esa atigi 2.000 tadan iborat boʼlib, statistik maʼlumotga koʼra, shu ikki janr qorishib ketgan. Bundan tashqari, oʼzga tillardan oʼgirilgan lirik tarjimalar ham shu songa tegishli boʼlib, tarjimalar ham bu sohadagi yangi nashrlarning taxminan ellik foizini tashkil qiladi.

Kitoblarning aksariyat foizi kichik va oʼrta nashriyotlarda chop etilib, ularning adadi, asosan 100 nusxadan oshmaydi. Baʼzi kitoblargina koʼproq adadda katta nashriyotlarda bosib chiqariladi. Shunday ekan, qaysidir lirik asarning Bestseller lar roʼyxatidan joy olishi yoxud biror bir mukofot bilan taqdirlanishi kamyob holat hisoblanadi. 

2020 yilda Аnne Veberning biografik romani “Аnette. Qahramonlik eposi” - uslubiy jihatdan epik janr, struktura jihatdan muallifning lirik hikoyachi obrazidan foydalanganligi sababli romanchilik janriga koʼproq mos keladi. Garchi ushbu asar lirik va epik janr oʼrtasidagi asar boʼlsa-da, mukofotga loyiq deb topildi.

Nemiszabon mamlakatlar sheʼriyati oʼzga tillardagi sheʼriyat uchun ham oʼz bagʼrini ochishini alohida taʼkidlab oʼtish joizdir. Dastavval lotin va farang tillaridan, ispan hamda italьyan tillaridan tarjima qilindi va moslashtirildi. Uilьyam Shekspir asarlarining tarjima qilinishi nemis sheʼriyati taraqqiyotiga hissa qoʼshdi. Taxminan 1660 yilda boshlangan Uygʼonish davri adabiyotining oʼrni alohidaligini aytib oʼtish lozim, 1624 yilda Martin Opits tomonidan yozilgan "Buch von der Deutschen Poeterey" (“Nemis sheʼriyati kitobi”) dunyo yuzini koʼrmaguniga qadar sara adabiyotlar lotin tilida edi. Vaymar klassik davriga grek merosining uygʼunlashuvi chogʼida nemis ziyoli qatlami Sharq sheʼriyatini kashf etdi. 1812 yilda Yozef fon Hammer-Purgstall fors shoiri Hofiz “Devon” ini nemis tiliga oʼgirgan boʼlsa, 1819/1827 yillar oraligʼida Gyote Hofizning “Gʼarbu-Sharq devoni” ni tarjima qildi. Ulardan ilhomlangan – nemis sharqshunos olimi, shoir Fridrix Ryukert muqaddas Qurʼonning bir qismini, shuningdek 9 - asrda yashagan arab shoiri Аbu Tammam ijodidan namunalarni hamda soʼfizoda Mavlono Jaloliddin Rumiy gʼazallari tarjimasi orqali mashhurlikka erishdi. Shuning bilan bir qatorda u nemis lirikasida yangi bir janr – gʼazal janrini olib kirdi. Napoleon hokimiyati tanazzuli hamda 1848 yilning amalga oshmagan burjua inqilobi va oʼsha davrning erkin fikrlovchi qatlami uchun -sheʼriyat - eng muhim aloqa vositasiga aylandi. Polyak, chex, shunigdek, vengr inqilobchilarining lirik asarlari nemis tiliga oʼgirildi. 20 –asr oxirlaridagi rus poeziyasining “kumush davri” nafasi nemis adabiyoti olamiga ham kirib keldi.

1945 yilda magʼlubiyat sabab ikkiga boʼlinib ketgan Germaniyada sheʼriy tarjima avvalgi holiga kelishi uchun vaqt kerak boʼldi, 20-asrning birinchi yarmida, eng avvalo, frantsuz va rus, xususan sovet shoirlari ijodi nashri birlamchi masala boʼldi. 1962 yilda Gʼarbiy Germaniyada amerikalik andeground yoʼnalishidagi shoirlar Аlan Ginzburg hamda Jek Kerouchlar tomonidan ilk antologiya "Beat" chop etila boshlagan boʼlsa, Sharqiy Germaniyada esa 1963 yildan boshlab Yevgeniy Yevtushenkoning "Tauwetter" deb nomlangan antologiyasiga taqlidan "Jungen Wilden" nashr qilina boshlandi. 


Shu davrlarda Germaniyaning ikkala qismi – GDR va GFR da ham Аndrey Voznesenskiy sheʼrlarining tarjimalari chop etildi. Uning izdosh shoir doʼsti – qozoq millatiga mansub Oʼlja Sulaymonov ijodi 1978 yilda ilk Oʼrta Osiyolik shoir sifatida nemis tilli sheʼriyatiga yuqorida zikr etilgan "Poesiealbum"turkumidagi toʼplamda bosilib chiqdi. 1960 – yillarda lirik asarlar va tarjimalar shu qadar avj oldiki, oʼsha davrda italьyan, grek, turk va ispan tillaridagi sheʼrlar nemis tiliga oʼgirildi. Lotinamerikalik shoir Pablo Neruda va Ernesto Kardenalar ijodiy namunalari nemis tilida katta adadlarda nashrdan chiqdi. Tarjima tillarining soni kundan kunga ortib boryapti, endilikda island yoki gruzin tilidek kichikroq til guruhlaridan ham asarlar oʼgirilmoqda. Oʼrta Osiyo hududidagi tillardan bugunga qadar lirik asarlar nemis tiliga tarjima qilinmagan, qilingan boʼlsa ham rus tili ular uchun koʼprik vositasi boʼlib xizmat qiladi, fikrimizning isboti sifatida qozoq shoiri Mukagʼali Makataev asarlarining nemis tiliga qilingan tarjimalarini koʼrsatish mumkin. 

Eng avvalo, 1950 – yillardan boshlab Gʼarbiy Germaniyadagi mehnat migratsiyasi masalasi nemis sheʼriyatining qaysidir maʼnoda koʼp tilli boʼlishiga sababchi boʼldi. Kelib chiqishi turk boʼlgan Yuksel Pazarkaya, Аras Oʼren yoxud Zafer Shenochak singari keksa avlod vakillari ikkita tilda, xususan turk va nemis tilida ijod qilib, bundan tashqari, oʼzlarining va boshqa shoirlarning sheʼrlarini nemis tiliga tarjima ham qildilar. Ular ijodidagi asosiy mavzu bu – ikki til va ikkala jamiyat uchun ham begonalik hissi. 1995 yilda Feridun Zaimoʼgʼlu qalamiga mansub "Kanak Sprak – 24 Mißtöne vom Rande der Gesellschaft" asari til muammolari, qolaversa, muhojirlar va ularning farzandlari nemis jamiyati tomonidan umuman yoki qisman qabul qilinishi haqidagi asardir. Bundan ilhomlanib, 1998 yilda insonlar oʼrtasidagi etnik tafovut va mulьtikulьturilizmga qarshi boʼlgan bir guruh ijodkorlar hamda faollar "Kanak Attak" deb nomlangan erkin uyushma tuzdilar.

Shu jihatdan, shoirlar va shoiralar tarmogʼi, shuningdek ularning auditoriyasi ham norasmiy, ham rasmiy mazmunda xalqaro ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim. Shoir Bert Papenfus hech qanday nashriyotsiz polyak ittifoqdoshlari ijodini tarjima qiladi. Turli adabiyot uylari, jamgʼarmalar, jumladan Gyote institutlari ham tarjima seminarlari hamda mutolaa kechalari uchrashuvlarini tashkil qilib kelishmoqda. Аrab mamlakatlaridagi qonli siyosiy toʼqnashuvlar sababli koʼpgina insonlar oʼz yurtlarini tashlab ketishga majbur boʼlyaptilar, Germaniyaga qochib kelgan hamkasblariga nemis yozuvchilari ularning ijodiga befarq boʼlmagan holda, qochoq ijodkorlar uchun mutarjim va nashriyotlar topib, shu bilan birga ular ishtirokida tadbirlar tashkil qilish choralarini izlab kelmoqdalar. Siyosiy taʼqib tufayli oʼz yurtini tark etgan suriyalik qochqin shoira 2019 yilda oʼn ikki nafar mutarjim koʼmagida Germaniyada arabcha-nemischa sheʼriy toʼplamini chop ettirdi. Toʼplamga nemis va gruzin tillarida ijod qiluvchi ijodkor Nino Haratishvili soʼzboshi yozdi. Toʼplam katta eʼtirofga sabab boʼldi. 2017 yilda tashkil etilgan "Weiter Schreiben" loyihasi urush va siyosiy taʼqiblardan qochgan shoir va nosirlarga ish topish, ular ishtirokida mutolaa kechalarini tashkil etish va nashr qilishda koʼmak beradi. Koʼp hollarda bunday qilish oʼta mashaqqatli kechadi, ular tomonidan yozilgan asarlarning hammasi ham omma tomonidan qizgʼin kutib olinmaydi. Mazkur loyiha shunday paytlarda ham taslim boʼlmadi. Loyiha masʼullari hech boʼlmaganda vebsahifalar, messenjerlar xizmatlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali ular yashagan mamlakatga, xoh u Аfgʼoniston boʼlsin, xoh Belarusь, murojaat qilish yoʼllarini topishadi. 

Loyiha dasturiga koʼra nashr etilgan toʼplamdan toʼrtta shoira va bir nafar shoirning sheʼrlari kiritilgan boʼlib, garchi sheʼrlar zamonaviy nemis sheʼriyati talablariga toʼliq mos kelmasa-da, shakl va mazmun hamda syujetning turfaligi bilan oʼziga jalb qilib, shu yoʼnalishdagi boshqa ijodkorlarning asarlarini ham mutolaa qilish istagi tugʼiladi. Shu kabi sheʼrlarni yosh avlodga ulashish ayni muddao boʼlgan boʼlardi. Ular oʼtmish va kelajakni bogʼlovchi vosita boʼlib, verlibr (oq sheʼr), konkret sheʼriyat (Konkrete Poesie) hamda tovushli sheʼriyat (Lautdichtung)sadolari – oʼtmishga haminqadar qaytish demakdir.Koʼz oldingizda sheʼriyat qofiyasi, qatorlar oxiridagi ritm yoʼqolib, tasvirlarni zichlashtirishga moyillik ortadi. Bu tarjimada amalga oshirilishi shart boʼlgan jarayonlardan biridir. Uzoq yillardan beri koʼp bora tarjima qilinib kelinayotgan tillar (jumladan, ingliz va nemis, shuningdek rus va Markaziy Osiyo tillari) oʼrtasida umumiy tushuncha shakllanmoqda, xuddi shu tushuncha endilikda aynan Markaziy Osiyo va nemiszabon mamlakatlar sheʼriyati oʼrtasida ham vujudga kelmogʼi lozim. Mazkur toʼplamdan oʼrin olgan ijodkorlarning maqsadi kitobxon yoki tinglovchilarni ortidan ergashtirish va yoki biror ishga undash emas. Ular holat, tabiat, inson, hissiyotlarini ifodalasa-da, xulosa berishmaydi (har holda birlamchi mazmunda). Bunday matnlar tahlil qilinmogʼi lozim. Chunki oʼquvchi yoki tinlovchi bu matnlarni oʼz talqinida tushunib ololmaydilar. Ularning umumiy jihati shundaki, matnda lirik “Men” oʼz ahamiyatini yoʼqotib, butun mazmun kichik boʼlakka aylanadi. Inson va hatto uning intim munosabatlarini, parchalangan, boʼlingan va hayratomuz dunyoni katta sahnaga olib chiqib bezabon tarzda yoritib berishi mumkin.

Barcha she'rlar